Gagarin kubogi. G‘arbiy konferentsiyada finalchilar aniqlandi

CHERY AUTO

Sankt-Peterburgning SKA klubi o‘z maydonida Yaroslavlning "Lokomotiv"ini qabul qildi va overtaymda kiritilgan gol evaziga 5:4 hisobida raqibdan ustun keldi. Shu tariqa piterliklar seriyadagi ustunlikni 4:1 ga etkazdi va jamoa G‘arbiy konferentsiyada finalga yo‘l oldi.

Tecno

TsSKA - "Dinamo" qarama-qarshiligida esa "armiyachilar" 3:2 hisobida zafar quchishdi va seriyada 4:1 hisobida raqibdan ustun kelib, final yo‘llanmasiga ega chiqishdi.

Qayd etish joiz, TsSKA qatorasiga to‘rtinchi yildirki, o‘z konferentsiyasida finalga chiqmoqda. Ammo shu kunga qadar ular biror marta Gagarin kubogida g‘olib bo‘lishmagan. SKA esa ikki bor mazkur kubokni boshi uzra baland ko‘targan.

Bugun Sharqiy konferentsiyada ham ikki o‘yin bo‘lib o‘tadi.

SKA – "Lokomotiv" – 5:4 (0:1, 4:1, 0:2, 1:0)

Shaybalar: 0:1 – 4 Alekseev (Belyaev, Kozun)

1:1 – 21 Gusev (Plotnikov, Byvaltsev)

2:1 – 24 Gusev (Proxorkin, Tokranov)

2:2 – 30 Sannikov (Denisenko, Apalkov)

3:2 – 30 Zub (Proxorkin, Rukavishnikov)

4:2 – 37 Byvaltsev (Gusev, Plotnikov)

4:3 – 45 Apalkov (Sannikov, Denisenko)

4:4 – 52 Rafikov (Kudryavtsev, Korshkov)

5:4 – 66 Xafizullin (Gusev, Plotnikov)

Seriyadagi hisob: 4-1


TsSKA – "Dinamo" Moskva – 3:2 (1:1, 1:1, 1:0)

Shaybalar: 1:0 – 13 Karnauxov (Svetlakov, Marchenko)

1:1 – 19 Zaytsev (Bryukvin, Shipachev)

2:1 – 30 Xansen (Okulov, Robinson)

2:2 – 38 Kagarlitskiy (Shipachev, Nikulin)

3:2 – 46 Vey (Kaprizov, Grigorenko)

Seriyadagi hisob: 4-1

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!