
Gabriel Rosado Meliqo‘zievni 6-raundgacha nokaut qilmoqchi...
19 iyun kuni Golden Boy kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomida Bektemir Meliqo‘ziev amerikalik bokschi Gabriel Rosadoga (25-13-1, 14KO) qarshi jang qiladi. Ushbu bahs oldidan Rosado o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgan.
"Sizlarga va’da beramanki, bu bolani nokautga uchrataman. Men u bilan hakamlar nokaut qayd etganimni sezguniga qadar boks tushaman", - dedi u o‘zining sobiq jahon chempioni Deniel Jeykobsga qarshi jangidagi hakamlar qaroridan norozi bo‘lib.
"Bektemirda faqat bitta zarba bor (tanaga) va biz shu bir zarbali yigitchani tezda joyiga tushirib qo‘yamiz. Men unga Jeykobs bilan bo‘lgani kabi boks darsini o‘qitib qo‘yaman. Agar shu bir zarbasi bo‘lmasa, nima qilishini bilmay qoladi. U 6-raundgacha charchaydi va u yog‘iga nima bo‘layotganini tushunmaydi", - dedi Rosado.
Bektemir ham bu fikrlarga jim turgani yo‘q.
"Rosadoga hurmatim baland. Unga mashg‘ulotlarda jarohatlardan xoli bo‘lgan yondashuvni tilab qolaman. Undan ringda eng kuchli qarshilikni kutaman",-deya javob berdi Meliqo‘ziev.
Fikrlar