
Fyuri - Usik revansh jangida bu safar kim g‘alaba qozonadi? Yana bir mashhur bokschi bu haqda fikr bildirdi
Britaniyalik bokschi Entoni Joshua hamyurti Tayson Fyuri va ukrainalik Aleksandr Usik o‘rtasidagi bo‘lajak revansh jangi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu shu yilning dekabr oyida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tishi kerak. Birinchi jangda esa Usik hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.
“Men sizga Usik g‘alaba qozonadi deb aytgandim. Ha, menimcha, Fyuri yaxshi jangchi, lekin ma’lum darajalar bor. Usik Fyurini nokautga uchratib yuborishiga sal qoldi. Bunday vaziyatlardan saboq olish kerak. Menimcha, Tayson Usikning imkoniyatini etarlicha baholay olmagan. Balki keyingi safar Fyuri Usikka hurmat bilan yondoshar, shundagina Tayson yaxshiroq natija ko‘rsata olishi mumkin. Lekin shaxsan men revansh jangida ham Fyuri g‘alaba qozona olmaydi deb o‘ylayman. Menimcha, u Usikdan yaxshiroq emas”, - dedi Joshua iFL TV YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Bundan avvalroq ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni britaniyalik Riki Xatton Fyuri - Usik revansh jangida hamyurtining g‘alabasini taxmin qilgan edi.
Fikrlar