Futzal. "Surxon" Birinchi liga ilk bosqichida g‘alaba qozonib, Oliy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi (foto)

CHERY AUTO

Futzal bo‘yicha Birinchi liga musobaqasining ilk bosqichi yakuniga etdi. Unda Termizning "Surxon" jamoasi 25 ochko bilan 1-pog‘onani naqd qildi. 

Tecno

Chempion bo‘lgan termizliklar endi Oliy ligada ishtirok etadi. Ular o‘z tarixida birinchi marta futzal bo‘yicha chempionatning yuqori ligasida ishtirok etadi. 

Ma’lumot o‘rnida, birinchi bosqich g‘olibi kelasi mavsumni Oliy ligada o‘tkazsa, ikkinchi bosqich g‘olibi o‘tish o‘yinida ishtirok etadi. Har ikki bosqichda ham bitta jamoa g‘olib chiqsa, u holda o‘tish o‘yinida ikkinchi bosqich finaliga chiqqan jamoa o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!