
Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi Braziliya bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi
Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Braziliya terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bellashuvlar 6-8-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Ayni damda Braziliya FIFA reytingida etakchilik qilmoqda. O‘zbekiston esa 1288,96 ochko jamg‘argan holda, 11-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Venansio shogirdlari Tailandda bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar