
Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi 10:0 hisobida g‘alaba qozondi
O‘zbekiston futzal terma jamoamiz Tailandda "Continental" xalqaro turnirida ishtirok etmoqda. Bugun hamyurtlarimiz Mozambikka qarshi bellashdi.
Uchrashuvda Bahodir Ahmedov shogirdlari to‘liq ustunlik qilishdi va yirik 10:0 hisobida zafar quchishdi.
Gollarga Ilhomjon Hamroev, Akbar Usmonov 2, Anasxon Rahmatov, Ixtiyor Ropiev 2, Elbek To‘lqinov, Xushnur Erkinov, Dilshod Rahmatov, Muzaffar Ahadjonov mualliflik qildi.
"Continental" xalqaro turniri
Mozambik - O‘zbekiston 0:10
Gollar: Ilhomjon Hamroev, Akbar Usmonov 2, Anasxon Rahmatov, Ixtiyor Ropiev 2, Elbek To‘lqinov, Xushnur Erkinov, Dilshod Rahmatov, Muzaffar Ahadjonov
Fikrlar