Futzal. O‘zbekiston MTJ ikkinchi o‘yinda ham Ispaniyaga engildi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Litvada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi jahon chempionatida munosib ishtirok etish uchun tayyorgarlik olib bormoqda.
Bahodir Ahmedov shogirdlari nufuzli musobaqadan oldin bugun Ispaniyaga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.
Hamyurtlarimiz Madriddagi Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi sport majmuasida Ispaniya terma jamoasiga qarshi ikkinchi uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu o‘yin 1:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Yagona golga Raul Gomes mualliflik qildi.
Dastlabki bahsda termamiz 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini
Ispaniya - O‘zbekiston 1:0
Gol: Raul Gomes 12



Fikrlar