
Futzal. O‘zbekiston irodali tarzda Avstraliyani mag‘lub etdi
Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi guruh bosqich 1-turi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliya bilan kuch sinashdi. Unda vakillarimiz 3:1 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, avstraliyaliklar safida Ueyd Jiovenali bellashuvda hisobni ochdi. So‘ng ikkinchi bo‘limda Akbar Usmonov hamda Dilshod Rahmatov (dubl) gol urishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yin yakuniga oz vaqt qolganda Tayler Garner "yashil qit’a vakillari"ning 2-goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa, hamyurtlarimiz ilk turda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. 2-turda O‘zbekiston terma jamoasi Iroqqa qarshi kuch sinashadi, bellashuv 19 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi.
Fikrlar