Futzal. O‘zbekiston - Argentina: Matnli translyatsiya!

CHERY AUTO

Assalomu alaykum, qadrli futzal ixlosmandlari! O‘zbekiston Futzal terma jamoasi va Argentina Futzal terma jamoalari o‘rtasidagi bahs boshlanish arafasida. Uni saytimiz orqali matnli ko‘rinishda kuzatib borishingiz mumkin. Matnli translyatsiyani Abdulla Mannonov olib boradi.

Tecno

40. Uchrashuv yakunlandi. Ilk bahsda raqiblarimiz minimal hisobda g‘alaba qozondi. 

39. To‘pni behuda nazorat qilmoqdamiz. Vaqt bizning zararimizga ishlayapti. 

38. Bizda o‘ynovchi-darvozabon.

37. Argentina butkul himoyaga o‘tib ketdi. 

35. Taym-out olindi. 

34. Jamoalar ancha ehtiyotkorona harakat qilmoqda. 

33. Usmonovning o‘tkir burchakdan yo‘llagan zarbasini darvozabon osonlik bilan qaytardi. 

33. Usmonovning birga-bir vaziyatdan yo‘llagan zarbasi noaniq yo‘nalish oldi. 

31. Argentina futbolchisining jarima maydoniga uzatmasi hech kimga tegmay, maydonni tark etdi. 

30. Jo‘raevning zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi. 

29. Hujumda ancha faollashdik. Argentina qarshi hujumlarga tayanmoqda. 

28. Argentina futzalchilarining jarimadan tepgan to‘pi biroz noaniq ketdi. 

27. Erkinovning darvozabon ustidan to‘pni oshirishga bo‘lgan urunishi besamar ketdi. 

26. Jarima maydonchasi tomon uzatilgan to‘pga argentinalik darvozabon o‘z vaqtida chiqib kelib, xavfni bartaraf etdi. 

25. To‘p nazorati raqiblarimizda. 

24. Argentina ancha tejamkor o‘yin namoyish etmoqda. 

23. Mashrab Odilovning yarimmaydonimizdan bergan zarbasi darvoza to‘riga yuqori tarafdan tegdi. 

22. Biznikilar bosim uyushtirmoqda. Ammo Argentina futzalchilari aniq paslar bilan vaziyatni yumshatmoqda. 

21. Terma jamoamiz futbolchisi tepgan to‘p darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi. 

21. Burchak zarbasidan so‘ng, mehmonlar vakilining bergan zarbasi noaniq ketdi. 

21. Ikkinchi taym boshlandi. Terma jamoamizga omad tilaymiz.

20. swist.png Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob 0-1. Oldinda argentinaliklar. Tanaffus.

19. Futzalchilarimiz pozitsion hujum uyushtirishga harakat qilishmoqda.

18. no_goal.png Darvoza ustuni futzalchilarimiz joniga oro kirdi! Gol emas!

18. penalty.png Penalti! Vakillarimiz 6-foldan so‘ng o‘z darvozasiga penalti ishlab oldi!

18. goalkeeper.pngFutzalchimiz zarba pozitsiyasidan turib darvozaga to‘pni to‘g‘irladi! Raqib darvozabonidan ajoyib seyv!

17. add_time.png Taym-aut! Murabbiylar futzalchilarga ko‘rsatmalar berishmoqda.

16. Follar: 4-1! Qoida bo‘yicha, 5-foldan so‘ng "Dabl-penalti" belgilanadi! Ehtiyot bo‘lishimiz zarur!

16. Darvozamiz yaqinida jarima zarbasi ijro etiladi.

15. Argentina o‘z jarima maydonchasi yaqinida pressingda qolishdi, kuchli bosim ularga jiddiy ta’sir qilmoqda. To‘p autga chiqdi.

14. To‘p nazoratiga urg‘u berilmoqda. Raqiblarimiz bunga qarshi qiynalmoqda. O‘ylangan uslub!

13. corner.png Burchak to‘pidan so‘ng berilgan xavfli zarba darvoza ustunining yonginasidan o‘tib ketdi.

12. goalkeeper.png O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari o‘ta xavfli hujum amalga oshirishdi, so‘nggi zarbani darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi! Qaytgan to‘pni futzalchimiz yana bir bor darvozaga yo‘naltirdi! Bu safar himoyachi!

11. goal.png GOOOLLL!!! Raqiblarimiz darvozani ishg‘ol qilishdi. 0-1!

11. add_time.png Taym aut! Futzalchilar kichik tanaffusga chiqishdi. Tanaffus barobarida ikki jamoa murabbiylari ularga ko‘rsatma berishmoqda.

10. Jarima zarbasi pozitsion uslubda ijro etildi, biroq undan so‘ng xavfli hujum yuzaga kelmadi. Vakillarimiz qarshi hujumga o‘tib ketishi mumkin.

9. Jarima maydonchasi chizig‘i ustida o‘yin qoidasi buzildi. Argentinaliklar uni ijro etadi.

9. subs.png Terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov ham o‘zgarishlarni amalga oshirdi.

9. subs.png Ispanlar tezkorlik bilan o‘zgarish amalga oshirib yuborishdi. Charchab qolgan futzalchilar o‘rniga mashg‘ulot o‘tkazayotganlari o‘yinga qo‘shildi.

8. corner.png Burchak to‘pidan so‘ng xavfli vaziyat yuzaga kelmadi. To‘p nazoratiga e’tibor qaratilmoqda. Raqiblarimiz bo‘sh kelish niyatida emas.

7. Argentina terma jamoasi yana hujumni xavfli, biroq noaniq zarba bilan yakunladi. Burchak to‘pi ijro etiladi.

6. Argentina terma jamoasi vakillaridan xavfli hujum! O‘ng qanotdan uyushtirilgan hujum markazdagi futbolchining zarbasi bilan yakunlandi: to‘p darvoza ustunining yonginasidan o‘tib ketdi!

5. corner.png Burchakdan to‘pni o‘yinga kiritib bergan terma jamoamiz vakillari undan samarali foydalana olmadi! Raqiblar tezkor qarshi hujumga o‘tib ketishi mumkin!

5. Vakillarimizdan yana bir xavfli hujuuummm!!! Biroq himoyachilar so‘nggi zarbani qaytara olishdi!

4. Shunaqasi ham bo‘lib turadi do‘stlar, tribunaga chiqib ketgan to‘p kompyuterimizga kelib urildi!)

4. Hamyurtlarimizdan yana bir xavfli urinish, biroq vzarba noaniq!

3. Argentinalik futzalchilar asosan o‘z maydonida to‘pni bir-biriga uzatib, pozitsion hujum tashkil etishmoqchi. Biznikilar esa bunga yo‘l qo‘yishmayapti.

2. goalkeeper.png Chap qanotdan vakillarimiz uyushtirgan xavfli hujum xavfli zarba bilan yakunlandi! Argentinalik darvozabondan ajoyib seyv!

1. Ilk daqiqada deyarli xavfli vaziyat sodir bo‘lmadi. Vakillarimiz asosan o‘z maydonida to‘pni bir-biriga uzatishdi.

1. Maydon markazida ikki jamoa futzalchilari to‘p uchun jiddiy kurash olib bordi, to‘p vakillarimiz tomonidan autga chiqarib yuborildi.

1. swist.png Uchrashuv boshlandi!

0. Uchrashuv argentinalik futbol yulduzi Diego Armando Maradona vafoti yuzasidan 1 daqiqalik sukut bilan boshlandi.

0. Uchrashuv boshlanish arafasida.

0. Ikkala terma jamoa futbolchilariga o‘zbek milliy ramzlaridan biri bo‘lgan to‘n kiydirildi va jamoaviy suratga tushirildi.

0. Futzalchilarimiz maydonga chiqib kelishmoqda. Ikki davlat milliy madhiyalari yangradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!