
Futzal. Marokashga qarshi bahsni qaysi futzalchilarimiz o‘tkazib yuboradi?
Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston futzal terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Marokashga qarshi maydonga tushadi.
Afsuski, Davron Choriev va Abdulla Solihov jarohat tufayli bugungi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Jamoamiz etakchilaridan Husniddin Nishonov, Dilshodbek Rahmatov, Anasxon Rahmatov hamda Muzaffar Ahadjonov kabi futzalchilar ham sog‘ligidagi muammolar sababli ushbu yig‘inni o‘tkazib yubormoqda.
Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00da start oladi.
Fikrlar