
Futzal. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Liviya bilan o‘ynaydi
Bugun O‘zbekiston futzal terma jamoasi Liviyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. O‘yin 20:00da "Yunusobod” sport majmuasi"da start oladi. Ushbu bellashuvga kirish mutlaqo bepul.
Eslatib o‘tamiz, Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi jamoamiz yig‘in doirasida bugun va 22 mart kunlari Liviya, 26-28 mart kunlari esa Qirg‘iz Respublikasi terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.
Fikrlar