Futzal. Bugun O‘zbekiston kubogiga qur’a tashlanadi

  • 23 may, 2022, 11:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zPFL futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionati hamda birinchiligi o‘yinlarini yakunladi. Oldinda Oliy liganing so‘nggi ishtirokchisi nomiga oydinlik kiritib beradigan o‘tish o‘yini kutib turibdi. 

Tecno

Shundan keyin O‘zbekiston kubogi start oladi va unda respublikaning 16 ta jamoasi g‘oliblik uchun kurashadi. Bular — Oliy liganing amaldagi 12 ta hamda Birinchi ligada mavsum yakuniga ko‘ra dastlabki to‘rt o‘rinni egallagan jamoalar. 

Reglament asosida O‘zbekiston kubogi uchrashuvlari uy-safar tizimida tashkil etilishi kerak edi. Afsuski, futzal jamoalari haligacha sport majmuasi masalasida qiyinchilikka duch kelmoqda. Qolaversa, pandemiya sharoitida vaqtinchalik klinikaga aylantirilgan ayrim sport zallari musobaqalar o‘tkazish uchun tayyor holga kelmagan. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston kubogi bellashuvlari markazlashgan tizimda Toshkentda tashkil etiladi. 

Rejaga ko‘ra, 31 may kuni jamoalar 1/8 final bosqichida zalga chiqadi. Mag‘lub jamoalar musobaqani tark etadi. Mos ravishda 2 iyun sanasida 1/4 hamda 3 iyunda 1/2 final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi final o‘yini 5 iyunda o‘tkaziladi. 

Musobaqaga bugun 23 may kuni soat 18:00 dan boshlab qur’a tashlanadi. Qur’a jarayoni onlayn efirga uzatiladi.

Manba: O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!