Futzal bo‘yicha jahon chempionati: O‘zbekiston MTJ joylashgan guruhda turnir jadvalidagi holat qanday? (Foto)

  • 13 sentabr, 2021, 10:40
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Litvada o‘tayotgan futzal bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1-turda maydonga tushdi. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi futzalchilarimiz "V" guruhida ishtirok etmoqda.

Tecno

Hamyurtlarimiz Gvatemalaga qarshi bahs yuritishdi. Vakillarimiz 4:1 hisobida ortda borayotib, vaziyatni o‘nglagandi - 4:4. Ammo uchrashuv yakuniga bir necha soniya vaqt qolganda raqib beshinchi golni urib, g‘alaba qozondi.

Kvartetimizdagi Rossiya - Misr bahsida 9:0 hisobi qayd etildi. Ushbu g‘alabalardan so‘ng Rossiya va Gvatemala turnir jadvalida peshqadamlikni qo‘lga oldi. O‘zbekiston hamda Misr keyingi pog‘onalarni band etdi.

E_Gik2CWUAMNaTU

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
13/09/2021 14:12
Рассия билан дрранг Мисрни ютса рози эдик. Орзу гуриҳи сўзларидан иқтибоссс..
&
Турсун Ғани
13/09/2021 14:12
Рассия билан дрранг Мисрни ютса рози эдик. Орзу гуриҳи сўзларидан иқтибоссс..