
Futzal. Bahodir Ahmedov: O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida yuqori o‘rinlarni qo‘lga kirishga harakat qiladi
Bilasiz, ertadan Quvaytda futzal bo‘yicha Osiyo chempionati start oladi. “B” guruhidan joy olgan O‘zbekiston terma jamoasi Turkmaniston, Tojikiston va Bahraynga qarshi bahs olib boradi. Vakillarimiz guruhdagi ilk uchrashuvini ertaga Turkmanistonga qarshi bahs bilan boshlaydi. Terma jamoamiz bosh murabbiy Bahodir Ahmedov o‘yin oldi matbuot anjumanida qatnashdi.
“Assalom-u alaykum. O‘ylaymanki, ertadan boshlanadigan musobaqa juda yaxshi o‘tadi. Boisi, pandemiya tufayli Osiyo chempionatining bittasi qoldirilgan edi. Quvaytdagi musobaqaga 16 ta Osiyoning kuchli terma jamoasi yig‘ilgan. Ushbu jamoalarning barchasi o‘zining eng yaxshi o‘yinlarini namoyish etadi va medallar uchun kurash olib borishga harakat qiladi. Shu jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi ham yaxshi o‘yinlar namoyish qilib, kuchlilar safidan joy olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. O‘zbekiston Osiyoning kuchli to‘rtta jamoalaridan bittasi deya e’tirof etilishi hech narsani o‘zgartirmaydi. Sababi, bu Osiyo chempionati va mazkur musobaqada kuchsiz terma jamoa qatnashmaydi. Shuning uchun har bir bahsga alohida tayyorgarlik ko‘rishimiz zarur”, - deydi Bahodir Ahmedov o‘yin oldi matubot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Turkmaniston uchrashuvi ertaga 13:00da boshlanadi.
Fikrlar