
Futzal, Osiyo kubogi. So‘nggi daqiqada gol urgan O‘zbekiston terma jamoasi yarim finalga yo‘l oldi
Futzal bo‘yicha Osiyo kubogidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Vetnam bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv vakillarimizning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Vetnam hisobni ochganiga qaramay, hamyurtlarimiz ikkita javob goli urib, g‘alabani ilib ketdi. Dastlab, 34-daqiqada Ropievning ajoyib zarbasidan keyin To‘lqinov to‘pni darvozaga yo‘llab, hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, so‘nggi daqiqada Jo‘raev O‘zbekistonni hisobda oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston yarim finalga yo‘l oldi.
Fikrlar