
Futbolning kelajagi kimlarning qo‘lida?
Xalqaro sport tadqiqotlari markazi - "CIES football observatory" kuchli beshlikdagi 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarning eng qimmat narx egalaridan iborat reytingni tuzdi. Bunda o‘lchov sifatida "Transfermarkt" portali bergan narx emas, ularning kelajakdagi taxminiy transfer summalari aks etgan. Bundan tashqari, futbolchilarning amaldagi shartnomalari muddatini hisobga olgan holda, keyingi transfer oynasidagi futbolchilarning minimal narxi hisob-kitob qilingan.
Darvozabonlar
1. Janluiji Donnarumma (PSJ/Italiya/22.8 yosh.2026 yil) — 80 mln evro;
2. Illan Mele ("Lids"/Frantsiya/21.8.2026 yil) — 40 mln evro;
3. Dogan Alemdar ("Renn"/Turkiya/19.1.2026 yil) — 15 mln evro;
4. Luish Mashimianu ("Granada"/Portugaliya/22.9/2025 yil) — 15 mln evro;
5. Eten Grin ("Sent-Eten"/Angliya/21.4/ 2025 yil) — 15 mln evro.
- "Lev Yashin" sovriniga ega chiqqan Donnarumma ro‘yxatni boshqarib turgani hech kimni ajablantirmagani aniq. Evropa chempioni yaqin yillar ichida dunyo futbolidagi eng qimmat darvozabon nomini hech kimga berib qo‘ymasligi aniq.
- "Top-10"dan birdaniga "Lids"ning ikki futbolchisi o‘rin egallamoqda. Illan Mele va Kristofer Klassen yaqin yillar ichida 10 million evro evaziga grand klublardan biriga ko‘chib o‘tishi mumkin.Analitiklari 7-pog‘onaga gruziyalik Giorgi Mamardashivilini loyiq deb topdi. Darhaqiqat, Giorgi "Valensiya" safida allaqachon La Liga doirasidagi 6 bahsda darvozani qo‘riqladi.
Markaziy himoyachilar
1. Erik Garsiya ("Barselona"/Ispaniya/20.9.2026 yil) — 80 mln evro;
2. Yoshko Gvardiol ("RB Leyptsig"/Xorvatiya/19.9.2026 yil) — 80 mln evro;
3. Matteys de Ligt ("Yuventus"/Niderlandiya/22.3.2024 yil) — 70 mln evro;
4. Alessandro Bastoni ("Inter"/Italiya/22.6.2024 yil) — 60 mln evro;
5. Ronald Arauxo ("Barselona"/Urugvay/22.7.2023 yil) — 50 mln evro.
- Markaziy himoyachilar orasida Erik Garsiya yaqqol peshqadam. Yaqindagina "Manchester Siti"dan "Barselona"ga erkin agent maqomida o‘tgan yigit o‘z tengqurlari orasida eng kelajagi porloq mudofaa vakili bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
- Agar CIES analitiklari bergan ma’lumotlarga suyanadigan bo‘lsak, "Barselona"ning himoya chizig‘i yaqin kelajakdagi sayyoramizning birinchi raqamlisiga aylanadi!
Qanot himoyachilari
1. Alfonso Devis ("Bavariya"/Kanada/21.1.2025 yil) — 120 mln evro;
2. Serjino Dest ("Barselona"/AQSh/21.1.2025 yil) — 100 mln evro;
3. Ris Jeyms ("Chelsi"/Angliya/22.1.2025 yil) — 100 mln evro;
4. Nunu Mendesh (PSJ/Portugaliya/19.4.2025 yil) — 40 mln evro;
5. Mitchel Bakker ("Bayer"/Niderlandiya/21.4.2025 yil) — 40 mln evro.
Qiziq fakt! Birinchi va ikkinchi pog‘onani 2000 yilning 2 va 3 noyabr sanasida dunyoga kelgan futbolchilar egalladi!
"Chelsi" vakilli Ris Jeyms ham 100 millionlik futbolchilar klubidan o‘rin egallashi taxmin qilinmoqda. Uning bugungi kundagi o‘yinini inobatga olsak, "aristokratlar" a’zosi CIES mutaxassislarini "uyaltirib" qo‘ymaydi!
Tayanch yarim himoyachilari
1. Jud Bellingem ("Borussiya" Dortmund/Angliya/18.4.2025 yil) — 120 mln evro;
2. Kyortis Jons ("Liverpul"/AQSh/20.8.2025.yil) — 70 mln evro;
3. Elif Elmas ("Napoli"/Shimoliy Makedoniya/22.2.2025 yil) — 70 mln evro;
4. Deklan Rays ("Vest Xem"/Angliya/22.9.2024 yil) — 70 mln evro;
5. Eduardo Kamavinga ("Real"/Frantsiya/19.1.2027 yil) — 60 mln evro.
- Tayanch zonasidagi reytingda ingliz futbolchisi peshqadamlikni o‘ziniki qilib olgan. E’tiborlisi shundaki, "Transfermarkt" portali Deklan Raysni ancha qimmatroqqa baholagan edi. Demak, sport tadqiqot markazi vakillarining fikricha, Rays allaqachon o‘z maksimumini ko‘rsatib bo‘lgan.
Hujumkor yarim himoyachilar
1. Florian Virts ("Bayer"/Germaniya/18.6.2026) — 140 mln evro;
2. Pedri ("Barselona"/Ispaniya/19.0.2026) — 140 mln evro;
3. Kay Xaverts ("Chelsi"/Germaniya/22.5.2025) — 100 mln evro;
4. Bukayo Saka ("Arsenal"/Angliya/20.2.2024) — 100 mln evro;
5. Meyson Maunt ("Chelsi"/Angliya/22.9.2024) — 90 mln evro;
5. Emil Smit-Rou ("Arsenal"/Angliya/21.3.2026) — 90 mln evro;
5. Jamal Musiala ("Bavariya"/Germaniya/18.8.2026) — 90 mln evro.
- Ingliz va nemis futbolchilari hujumkor yarim himoyachilar borasida bemalol maqtana oladi. O‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha 2020/21 yilgi mavsumda rekord o‘rnatgan Pedri Florian Virts bilan birgalikda ro‘yxatni boshqarib turibdi. Qahramonimiz ortda qolgan mavsum davomida 73 rasmiy o‘yinda to‘p surdi. Shu bois, u "Golden boy" va turli nashrlar tomonidan yilning eng yaxshi yosh futbolchisi uchun beriladigan sovrinlarga ega chiqdi.
Hujumchilar
1. Erling Xoland ("Borussiya" Dortmund/Norvegiya/21.4.2024) — 150 mln evro;
2. Vinisius Junior ("Real"/Braziliya/21.4.2024) — 150 mln evro;
3. Fil Foden ("Man Siti"/Angliya/21.5.2024) — 150 mln evro;
4. Meyson Grinvud ("Man Yunayted"/Angliya/20.2.2025) — 140 mln evro;
5. Jeydon Sancho ("Man Yunayted"/Angliya/21.7.2027) — 130 mln evro;
6. Ferran Torres ("Man Siti"/Ispaniya/21.8.2025) — 120 mln evro;
7. Joau Felish ("Atletiko"/Portugaliya/22.1.2026) — 100 mln evro;
8. Kilian Mbappe (PSJ/Frantsiya/22.9.2022) — 80 mln evro;
9. Mussa Diabi ("Bayer"/Frantsiya/22.4.2025) — 80 mln evro;
10. Yerri Pino ("Vilyarreal"/Ispaniya/19.1.2027) — 80 mln evro.
- Erling Xoland, Vinisius Junior va Fil Foden "CIES football observatory" mutaxassislari tomonidan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasidagi sayyoramizning eng qimmatbaho futbolchilari, deb topildi. Ularning shartnomasi yakunlangan paytda, transfer summasi 150 million evro atrofida bo‘lishi bashorat qilinmoqda. Kilian Mbappe bu reytingda 8-pog‘onani egallaganiga hayron bo‘lmang. Gap shundaki, futbolchi 2022 yilda erkin agent maqomini qo‘lga kiritadi. Shu bois, katta ehtimol bilan Parij klubi futbolchini qishki transfer oynasida pullashi mumkin. CIESning fikricha, Mbappe uchun (hatto, 6 oy shartnomasi qolgan bo‘lsa ham) hech kim 80 million evrodan ortiq pul to‘lamaydi.
Ya . U
Fikrlar