Futbol TV telekanali bugundan boshlab UEFA Millatlar ligasi final bosqich uchrashuvlarini namoyish etadi
Avval xabar berganimizdek 5-9 iyun kunlari Portugaliyada UEFA Millatlar ligasining final bosqichi o‘tkaziladi. Hal qiluvchi bellashuvlarda Evropaning 4ta saralangan terma jamoasi – Gollandiya, Angliya, Shveytsariya va Portugaliya ishtirok etadi.
Ushbu musobaqani O‘zbekiston xududida namoyish etish huquqini qo‘lga kiritgan Futbol TV telekanali yurtimizdagi millionlar ishqibozlarni zeriktirib qo‘ymaydi.
Bugun, ya’ni 5 iyun kuni Millatlar ligasining final bosqichiga start beriladi. Dastlabki o‘yin mezbon Portugaliya va Shveytsariya o‘rtasida kechadi. Mashhur “Dragau” stadionida bo‘lib o‘tadigan bahsni Toshkent vaqti bilan soat 23:45dan boshlab aynan Futbol TV telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.




Fikrlar