
Futbol tarixidagi eng kuchli posbonlar reytingi tuzildi
Sun’iy intellekt futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabonni aniqladi. Ushbu reytingda birinchi o‘rinni SSSR terma jamoasi va Moskvaning "Dinamo" klubi sobiq darvozaboni Lev Yashin egalladi.
Italiyalik Dino Zoff ikkinchi, ingliz Gordon Benks uchinchi o‘rinni egalladi. Janluiji Buffon to‘rtinchi pog‘onani band qilgan bo‘lsa, Oliver Kan bu borada beshinchi bo‘ldi.
Kuchli o‘nlikdan Peter Shmeyxel, Manuel Noyer, Iker Kasilyas, Edvin van der Sar hamda Zepp Mayer joy oldi.
Avvalroq, tarixdagi eng kuchli yarim himoyachilar aniqlangan edi.
Fikrlar