
Futbol tarixida terma jamoada eng katta maosh oladigan murabbiy paydo bo‘ldi
AQSh terma jamoasini qabul qilib olgan argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettino eng katta maosh oladigan bosh murabbiy sifatida futbol tarixiga kiritildi.
ESPN nashrining ma’lum qilishicha, amerikaliklar tajribali murabbiy bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. Unga ko‘ra, Pochettino bir mavsum uchun 6 million evro maosh oladi.
Ilgari terma jamoalar bilan ishlagan birorta murabbiyga bu qadar katta maosh belgilanmagan.
Maurisio Pochettino bu mablag‘ evaziga AQSh terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatiga puxta tayyorlashi talab etiladi.
Ta’kidlash joizki, argentinalik mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida ilgari hech qachon terma jamoalarda ishlamagan. Pochettino ilgari “Espanol”, “Sautgempton”, “Tottenxem”, PSJ va "Chelsi"ga ustozlik qilgan.
Fikrlar