
Futbol qiroli Pele taxtini Messiga topshirishga tayyor
Bir jamoa uchun eng ko‘p gol urgan Pele bu ko‘rsatkich bo‘yicha o‘ziga etib olgan Lionel Messini tabrikladi.
Pele 1956-1974 yillar davomida “Santos” uchun o‘ynab, raqiblar darvozasiga 643 ta to‘p kiritgan. “Barselona” etakchisi Lionel Messining gollari soni ham shuncha bo‘ldi va yaqin orada Peledan o‘zib ketadi.
- Qalbingda muhabbat bo‘lsa, o‘z yo‘lingni o‘zgartirish qiyin bo‘ladi. Sen kabi men ham, har kuni bir xil futbolka kiyish qanday ekanini yaxshi bilaman. O‘zingni o‘z uyingdek his qiladigan joydan yaxshisi yo‘q. Seni tarixiy natija bilan tabriklayman. Bizga o‘xshab, bir klubga sodiq qoladiganlar bundan keyin tarixda deyarli uchramaydi. Sen bilan faxrlanaman, Leo, - dedi Pele.
Fikrlar