Futbol MTJ - Futzal MTJ: Matnli translyatsiya

CHERY AUTO

Mamlakatimiz futboli va sporti rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Mirabror Usmonov xotirasiga bag‘ishlangan futbol va futzal terma jamoalarimiz o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinini ushbu sahifa orqali matnli translyatsiyada kuzatib borishingiz mumkin. 

Tecno

Muhim vaziyatlarni o‘tkazib yubormaslik uchun sahifani yangilab turish tavsiya etiladi. 

YaNGILASh


40. Uchrashuv yakunlandi. Matnli translyatsiyani Abdulvosid Valixonov olib bordi. 

39. GOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Futzal terma jamoamiz 4-golni ham urdi. 

38. GOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Choriev hisobni yirik ko‘rinishga olib kelib qo‘ydi. 

37. GOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!!Haydarov uzoqdan uzatilgan to‘pni boshi bilan o‘z darvozasiga yo‘llab yubordi. 

37. Erkinovning uzatmasini sherigi tushunmadi. 

36. Taym-out.

36. Erkinov yorib kirdi. Ammo darvozabon o‘z vaqtida masofani qisqartirdi. 

36. Futzalchilarimizdan muvaffaqiyatsiz yakuniy zarba. 

35. Futbolchilarimizning ketma-ket 2 ta zarbasi xavfli ko‘rinish oldi. 

33. Anorovning zarbasi biroz noaniq ketdi. 

31. Futzalchilarimiz faollashdi. 

30. Haydarovning zarbasi u qadar kuchli chiqmadi. 

29. Turg‘unboevning uzatmasi o‘tmadi. 

28. Futzalchilarimiz to‘g‘ri pressing uyushtirmoqda. 

26. Darvozabonning zarbasi biroz noaniq ketdi. 

25. Futbolchilarimizning yana bir qarshi hujumi golsiz yakunlandi. 

24. Futzalchilarimiz himoyalanmoqda. 

23. Jeparovning standartdan yo‘llagan zarbasini jonli devor qaytarib qoldi. 

22. Kapadzening zarbasini Umarov qaytardi. 

21. Jeparovning uzatmasi borgan joyda sheriklari yo‘q edi. 

21. Ikkinchi taym boshlandi.

20. Birinchi taym yakunlandi. 

19. Quvvatoqdan yana bir ajoyib seyv. 

18. Haydarovning zarbasi biroz noaniq ketdi. 

17. Turg‘unboev to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi va uni yo‘qotdi. 

16. Futbolchilarimizning zarbasi noaniq zarba bilan yakunlandi. 

16. G‘iyosov o‘ng qanotda faol. 

15. To‘xtaxo‘jaevning uzatmasini sheriklari tushunmadi. 

14. Sviridovning bosh bilan bergan zarbasini Quvvatov payqab qoldi. 

14. Hamrobekovning olis masofadan bergan zarbasi kuchli chiqdi. Rustam Umarov o‘z o‘rnida. 

13. Quvvatov darvozada ishonchli harakat qilmoqda. 

13. Yo‘ldoshev birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi. 

12: To‘xtaxo‘jaevning zarbasini Umarov osonlik bilan ushlab oldi. 

11: Kapadzening uzatmasini Umarov ushlab oldi. 

10: Jeparovning zarbasini Umarov ushlab oldi. 

8. Futbolchilarimiz hujumda faollashib qoldi. 

6: Akbar Usmanovning zarbasini himoyachi so‘nggi chiziqda bartaraf etdi. 

4: Futbolchilarimizning hujumini Rustam Umarov bartaraf etishga erishdi. 

3: Hamrobekovning zarbasi biroz noaniq ketdi. 

2: GOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Futzal terma jamoamiz hisobni ochdi. Anorov gol muallifi. 

2: Sviridovning zarbasi biroz noaniq ketdi. 

1: O‘yin boshlandi. 

19:16: Bir daqiqalik sukut saqlandi. 

19:11: Xotira o‘yini ishtirokchilariga esdalik sovg‘alar taqdim etilmoqda. 

19:08: Madhiyamiz yangramoqda. 

19:02: Futzalchilarimiz maydonga chiqib kelmoqda. 

18:58: Futbolchilar maydonga tushib kelmoqda. 

18:45: Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbari Shayx Salmon bin Halifaning videomurojaati namoyish etilmoqda. 

18:40: O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov tadbirni ochib berish uchun so‘z oldi va Mirabror Usmonov xotirasini yod etmoqda. 

18:10: Zalda Mirabror Usmonov xotirasiga bag‘ishlangan rolik namoyish etilmoqda. 

17:55: Assalomu alaykum, aziz sport muxlislari. Futzal va futbol terma jamoalarimiz o‘rtasidagi o‘yinning matnli translyatsiyasiga xush kelibsiz. Matnli translyatsiyani Abdulvosid Valixonov olib boradi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!