
"Fulxem" futbolchisi APLda rekord o‘rnatdi
Londonning "Fulxem" klubi yarim himoyachisi Xarvi Elliott bugun APLning 37-turidan o‘rin olgan "Vulverxempton"ga qarshi bahsda o‘z debyutini nishonladi.
E’tiborlisi, endigina 16 yosh 30 kunga to‘lgan Elliott premer-liga tarixida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, “Fulxem” allaqachon APLda qolish imkoniyatlarini yo‘qotib ulgurgan va u yangi mavsumni Chempionshipda o‘tkazadi.
Fikrlar