"Fujairah Open"da o‘zbekistonlik taekvondochilar 22 ta medal qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

Fujayra amirligida taekvondo bo‘yicha an’anaviy "Fujairah Open" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Musobaqaning birinchi va ikkinchi kungi bahslarida kadetlar, o‘smirlar va bolalar toifasida o‘zbekistonlik sportchilar 11ta oltin, 2ta kumush va 3ta bronza jami 16ta medal qo‘lga kiritishgandi.

So‘nggi, uchinchi kunda kattalar toifasidagi janglar o‘tkazildi. Unda o‘zbekistonlik sportchilar jami 6ta medalga ega chiqishdi.

"Fujairah Open-2020". Uchinchi kun sovrindorlari:

Kumush medal - Shohruh Rajabov (O‘zbekiston terma jamoasi)
Kumush medal - Shuhrat Salaev (O‘zbekiston terma jamoasi)
Kumush medal - Feruza Sodiqova (O‘zbekiston terma jamoasi)
Kumush medal - Charos Qayumova (O‘zbekiston terma jamoasi)
Kumush medal - Nigora Tursunqulova (O‘zbekiston terma jamoasi)
Bronza medal - Abror To‘raev (Nazaraliyev team)

Shu tariqa 2020 yilgi "Fujairah Open"da o‘zbekistonlik taekvondochilar 11ta oltin, 7ta kumush va 4ta bronza jami 22ta medalni qo‘lga kiritishdi.

Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!