"FUJAIRAH GLOBAL Chess Championship". Abdulazizov Asilbek qiyin kechgan bahsda qatarlik sportchi ustidan g‘alaba qozondi - bugungi natijalar!
Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida birinchi bor o‘tkazilayotgan "Fujairah Global Chess Championship 2025" nufuzli musobaqasi davom etadi. Ushbu katta turnirda O‘zbekiston sharafini bir qator yoshlarimiz himoya qilmoqda. Bugun 6-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
"Masters" guruhida qatnashayotgan Shermuhammadov Samandar bugun oq donalarda hindistonlik Sanket Chakravarty bilan bellashdi va g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uning FIDE reytingida ayni damdagi ochkolari 2110.
"Open" guruhi
Abdulazizov Asadbek 6-turda hind sportchisi Nikhil Siriram bilan bahsga kirishdi. Asadbek finishga yaqin xatoga yo‘l qo‘ydi va durang qayd etdi. Uning o‘tgan turdagi raqibi Suleymanova Ava edi va unda ham murosa ko‘chasi tanlangandi.
Eslatib o‘tamiz, 5-tur yakunida Asadbek xammadan ko‘proq, ya’ni reytingini 89.6 ochkoga oshirib oldi.
Uning FIDE reytingida ayni damdagi ochkolari 1820.
Abdurasulov Muzaffarjon fillipinlik Ramesh Raj bilan partiyaga kirishdi va u qora donalarda g‘alabani o‘ziniki qildi. Muzaffarjon o‘tgan turda hindistonlik Krigna Bommi bilan kurash olib borib, mag‘lubiyatga uchragandi.
Uning FIDE reytingida ayni damdagi ochkolari 1642.
Abdulazizova Asmiraxonning bugungi raqibi hindistonlik Advaith Praveen bo‘ldi. Keskin va shiddatli kechgan bahsda raqibning qo‘li baland keldi. Asmiraxon o‘tgan turda hindistonlik Dahvid Sibi Kurisinkal bilan omadsizlikka uchragandi.
Uning FIDE reytingida ayni damdagi ochkolari 1526.
Abdulazizov Asilbek bugun qatarlik Al-Janahi Ibrahim bilan bellashdi. Qiyin kechgan partiyada vakilimiz g‘alabani tantan qildi. U o‘tgan turda oq donalarda hindistonlik Nishita Karthik bilan o‘ynagandi va qiyinchilik bilan g‘alaba qozongan.
Uning FIDE reytingida ayni damdagi ochkolari - 1820.
Abdulazizova Asminaxon bugun BAA vakili Mohamed Almaene bilan bellashib, omadsizlikka uchradi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqa 1-sentyabrga qadar davom etadi. Barcha ishtirokchilarimizga omad tilaymiz!



Fikrlar