Frimpong sentyabrda safga qaytishi kutilmoqda

  • 21 avgust, 19:48
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" himoyachisi Jeremi Frimpong 15 avgust kuni APLning 1-turida "Bornmut"ga qarshi uchrashuvda (4:2) jarohat oldi. U o‘yinning 60-daqiqasida maydonni tark etgan edi.

Tecno

Bugun jamoa bosh murabbiyi Arne Slot futbolchilarning holati haqida ma’lumot berdi:

"Konor Bredli birinchi marta qisqa muddatga jamoa bilan birga shug‘ullandi. Jeremi esa jarohat sabab, o‘yinda davom eta olmasdi. Meditsina xodimlari o‘sha zahotiyoq menga uni almashtirish kerakligini aytishgandi. Bu qaror to‘g‘ri bo‘lgani isbotini topdi. U hech qachon terma jamoalar tanaffusidan avval safga qayta olmaydi. Biz uni sentyabr oyida, terma jamoalar o‘yinlari orasidagi tanaffusdan keyin qayta safimizda ko‘ramiz", — deya ta’rif berib o‘tdi mersisaydliklar ustozi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!