"Freestyle Chess-2025". Yarim finalga chiqqan Sindarov qancha ishlab oldi?

  • 11 fevral, 11:00
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Shaxmat
BEPUL PROPAN

Germaniyaning Vaysenxaus shahrida "Freestyle Chess-2025" turniri o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. 

Kecha chorak final javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Nodirbek Abdusattorov ikkinchi partiyada ham Magnus Karlsenga imkoniyatni boy berdi. Javohir Sindarov esa amerikalik Hikaru Nakamurani mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.

Javohir 1/2 finalga chiqqani uchun hozircha 60 ming dollarni naqd qildi. Abdusattorov esa chorak finaldagi ishtiroki uchun 200 ming dollar ishlab oldi va u 5-o‘rin uchun kurashadi.

"Freestyle Chess-2025" turnirida kim, qancha oladi?

G‘olib - 200 ming dollar;

2-o‘rin - 140 ming dollar;

3-o‘rin - 100 ming dollar;

4-o‘rin - 60 ming dollar;

 

 5-o‘rin - 50 ming dollar;

6-o‘rin - 40 ming dollar;

7-o‘rin - 30 ming dollar;

8-o‘rin - 20 ming dollar;

9-o‘rin - 12,5 ming dollar;

10-o‘rin - 7,5 ming dollar;

Eslatib o‘tamiz, musobaqa 17 fevralga qadar davom etadi.
 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Давлат
11/02/2025 16:42
Омад шахматчиларга. Телевиденияга хам рахмат. Зўр шархлаб берилаяпди.