
"Freestyle Chess-2025". Afsuski, Abdusattorov ikkinchi o‘yinda ham Karlsenga yutqazdi
Xabaringiz bor, bugun Germaniyaning Vaysenxaus shahrida "Freestyle Chess-2025" turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Nodirbek Abdusattorov - Magnus Karsen o‘rtasidagi partiyada norvegiyalik sportchi g‘alaba qozondi. Javohir Sindarovning bahsi esa davom etmoqda.
Biroz avval Fabiano Karuana "2025 Freestyle Chess" musobaqasining birinchi yarim finalchisiga aylangan edi. Amerikalik sportchi jahon chempioni Gukesh Dommaradju mag‘lub etgan holda keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, mukofot jamg‘armasi 750 ming dollarni tashkil qiluvchi turnir 17 fevralga qadar bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar