Frantsuzlar o‘z etakchisining motivatsiyasiga suyanadi
Madridning "Real" klubi va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema jahon chempionati 1/2 finali doirasidagi Marokashga qarshi o‘yin oldidan o‘z sheriklarini qo‘llab-quvvatladi.
Eslatib o‘tamiz, frantsuzlar chorak finalda Angliyani mag‘lub etib, kuchli to‘rtlikka kirishni uddalagan edi. Bu kabi katta uchrashuv oldidan futbolchilarga jamoa liderining motivatsiyasi asqotishi turgan gap.
"Yigitlar, yana ikkita o‘yin qoldi, biz deyarli marraga etib keldik! Men sizlar bilanman. Olg‘a Frantsiya!" — deb yozdi Benzema ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Benzema jarohati sabab JCh-2022ni o‘tkazib yuborgandi. Biroq, 34 yoshli hujumchi jamoasining qaydnomasida qoldi, bu esa qoidaga ko‘ra jamoa sovrin yutgan taqdirda boshqa o‘yinchilar qatorida unga ham medallar olish imkonini beradi.



Fikrlar