
Frantsuz grandi Ukrainalik darvozabonga jiddiy qiziqib qoldi
Transfer huquqlari Donetskning «Shaxtyor» klubiga tegishli bo‘lgan ukrainalik darvozabon Anatoliy Trubinga Evropa klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Bu haqda Score.fr sayti xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, darvozabonni Frantsiyaning "Marsel" klubi o‘z safida ko‘rmoqchi. Marselliklar yaqinda jamoani tark etgan darvozabon Stiv Mandandaga o‘rinbosar qidirmoqda va bu borada aynan Trubin nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
20 yoshli ukrainalik futbolchining transfer narxi 8 million evroga baholanmoqda. Trubinning "Shaxtyor" bilan amaldagi mehnat shartnomasi esa 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Anatoliy Ukraina premer-ligasining o‘tgan mavsumida jami 12 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar