Frantsiyaning mashhur klublaridan biri homiysiz qoldi

  • 22 aprel, 2021, 22:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bordo"ga egalik qiluvchi "King Street" kompaniyasi frantsuz klubini moliyalashtirishdan bosh tortdi.

Tecno

“Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq iqtisodiy vaziyat, shuningdek Mediapro teleradiokompaniyasi bilan bog‘liq muammolar Frantsiya futbolida daromadlarning keskin pasayishiga olib keldi. Bu esa barcha klublarga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda.

“Bordo” ham bundan mustasno emas. Aktsiyalarni olgandan keyin klubga 46 million evro sarflagan “King Street” endi jamoani qo‘llab-quvvatlamoqchi emas. Klub ushbu vaziyatdan chiqib ketishga yordam beradigan echimlarni izlaydi", - deyiladi “Bordo”ning rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotda.

“Bordo” ayni damda 33-turdan so‘ng Frantsiya chempionati musobaqa jadvalida 16-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!