Frantsiyalik muxlislar finalni qayta o‘tkazishni talab qilmoqda, ish FIFAgacha oshirilishi mumkin

  • 23 dekabr, 2022, 13:08
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik muxlislar jahon chempionati final bahsini qayta o‘tkazishni  talab qilib, onlayn petitsiya yaratishdi.

Tecno

Murojaat Frantsiyaning maxsus "MesOpinions" saytida yaratilgan bo‘lib, uning mualliflari hakamlik borasida jiddiy e’tiroz bildirishgan. Ushbu murojaat batafsil ko‘rib chiqilishi uchun Xalqaro futbol federatsiyasiga (FIFA) yuborilishi rejalashtirilmoqda. Bugungi kunga qadar 196 mingdan ziyod kishi jahon chempionati finalini qayta o‘tkazish bo‘yicha so‘rovni ma’qullagan.

Eslatib o‘tamiz, Dide Desham shogirdlari finalning asosiy va ekstra taymlaridagi kambeklar evaziga lotereyalar bosqichigacha etib keldi, biroq penaltilar seriyasida 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!