Frantsiyalik hujumchi "Yuventus"ga o‘tishga rozilik bildirdi

  • 10 yanvar, 17:47
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Randal Kolo-Muani "Yuventus"ga o‘tishga rozilik bildirdi. Bu haqda "Tuttosport" nashri xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, Italiya jamoasi forvardga katta qiziqish bildirgan. Frantsuz allaqachon Turin klubiga o‘tishga rozilik berdi. 26 yoshli futbolchi Dusan Vlaxovich bilan raqobatlasha olishiga ishonmoqda.

Tecno

"Yuventus" Kolo-Muanini sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. PSJ esa hujumchiga ish haqi doirasida 12 million evroni to‘lashi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, futbolchi Liga 1ning joriy mavsumida 10 ta o‘yinida maydonga tushib 2 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!