
Frantsiyada Husanov bo‘yicha ma’lumot chiqarishdi
Evropa ligalarida FIFA kuni munosabati bilan qisqa muddatli tanaffus e’lon qilindi. O‘z yurti terma jamoalariga jalb qilingan futbolchilar ikki hafta davomida klub mashg‘ulotlarida ishtirok etmaydi.
Ular terma jamoa yig‘inlari va turli darajadagi xalqaro uchrashuvlarda o‘zini ko‘rsatishi talab etiladi.
Frantsiya futbolini yoritib kelayotgan lensois.com sayti “Lans” tarkibidan terma jamoalarga jalb qilingan futbolchilar haqidagi ma’lumotlarni chiqardi.
- “Lans” ham bir necha o‘yinchilarini xalqaro uchrashuvlarga yubordi. Ular hafta oxiridagi mashg‘ulotlar va nazorat uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi.
Jamoaning asosiy tarkibidan sakkiz futbolchi turli mamlakatlar terma jamoalariga chorlov oldi. Ular qatorida iste’dodli yosh o‘yinchi Kembo Dilividi 19 yoshgacha futbolchilardan tarkib topgan Frantsiya terma jamoasiga chaqirtirildi.
E’tiborli jihati, “Lans” rahbariyati “Bulon”ga ijaraga bergan darvozabon Yannik Pandor va Shvetsariyaning “Iverdon” klubiga jo‘natilgan yarim himoyachi Fode Silla kabi yosh iste’dod egalari ham terma jamoalardan taklif olgan.
Asosiy jamoa vakillaridan Deyver Machado, Fakundo Medina va Nampalis Mendi mos ravishda Kolumbiya, Argentina va Senegal terma jamoalariga jalb qilingani yo‘q.
E’tiborga molik jihati Mbala Nzola bir yarim yillik tanaffusdan keyin yana Angola terma jamoasidan chaqiruv oldi, - deb yozmoqda lensois.com sayti eksperti Kristof Shaad.
Shuningdek, PSJ bilan o‘yinda qizil kartochka olgan Abduqodir Husanov ham o‘yin amaliyotisiz qolmaydi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 2026 yilgi jahon chempionatining ikkita muhim uchrashuvida ishtirok etadi.
Gap shundaki, Frantsiya professional futbol ligasi Tartib-intizom qo‘mitasi legionerimiz ikkita uchrashuvga diskvalifikatsiya qilgan. Abduqodir “Lans”ning “Nant”ga qarshi o‘yinini o‘tkazib yubordi. Yana 23 noyabrga belgilangan “Marsel” bilan bo‘ladigan bellashuvda ham qatnashmaydi. Biroq terma jamoamizda o‘zini ko‘rsatish imkoniga ega.
“Lans”dan terma jamoalarga chaqirtirilgan futbolchilar ro‘yxati va o‘yinlar taqvimi quyida keltirilgan.
Bris Samba (Frantsiya):
Frantsiya - Isroil, 14 noyabr, Millatlar ligasi.
Italiya - Frantsiya 17 noyabr, Millatlar ligasi.
Endi Diuf (Frantsiya yoshlar terma jamoasi):
Italiya - Frantsiya, 15 noyabr, Evro saralashi.
Frantsiya - Germaniya 19 noyabr, Evro saralashi.
Pshemislav Frankovski (Polsha):
Portugaliya - Polsha, 15 noyabr, Millatlar ligasi.
Polsha - Shotlandiya 18 noyabr, Millatlar ligasi.
Kevin Danso (Avstriya):
Qozog‘iston - Avstriya 14 noyabr, Millatlar ligasi.
Avstriya - Sloveniya 17 noyabr, Millatlar ligasi.
Abduqodir Husanov (O‘zbekiston):
Qatar - O‘zbekiston 14 noyabr, 2026 yilgi jahon chempionati saralashi.
Shimoliy Koreya - O‘zbekiston 19 noyabr, 2026 yilgi jahon chempionati saralashi.
Joanner Chaves (Ekvador):
Ekvador - Boliviya 15 noyabr, 2026 yilgi jahon chempionati saralashi.
Kolumbiya - Ekvador 20 noyabr, 2026 yilgi jahon chempionati saralashi.
Mbala Nzola (Angola):
Angola - Gana, 15 noyabr, Afrika millatlari kubogi saralashi.
Sudan - Angola, 18 noyabr, Afrika Millatlari kubogi saralashi.
Erve Koffi (Burkina-Faso):
Burkina-Faso - Senegal, 14 noyabr, Afrika millatlari kubogi saralashi.
Malavi - Burkina-Faso, 18 noyabr, Afrika millatlari kubogi saralashi.
Kembo Dilividi (Frantsiya U-19):
Frantsiya - Lixtenshteyn 13 noyabr, Evro saralash turniri 1-bosqich.
Frantsiya - Uels 16 noyabr, Evro saralash turniri 1-bosqich.
Shotlandiya - Frantsiya 19 noyabr, Evro saralash turniri 1-bosqich.
Yannik Pandor (Komor orollari):
Gambiya – Komor orollari, 15 noyabr, Afrika millatlari kubogi saralashi.
Komor orollari - Madagaskar, 18 noyabr, Afrika millatlari kubogi saralashi.
Fode Silla (Frantsiya U-19):
Frantsiya - Lixtenshteyn 13 noyabr, Evro saralash turniri 1-bosqich.
Frantsiya - Uels 16 noyabr, Evro saralash turniri 1-bosqich.
Shotlandiya - Frantsiya 19 noyabr, Evro saralash turniri 1-bosqich.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov 2023 yilning yozidan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasiga jalb qilinmoqda va hozirga qadar xalqaro miqyosda 16 ta uchrashuvda ishtirok etgan.
Bosh murabbiysiz qolgan “Roma” Shomurodov va yana bir necha futbolchiga javob berib yubordi
Fayzullaev va Evropa: Abbosga ikki xil baho!
Fikrlar