
Frantsiya termasi a’zosi futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin edi, ammo...
Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Lyuka Ernandes faoliyatini yakunlashi mumkin edi. Ma’lum bo‘lishicha, 26 yoshli futbolchi og‘ir jarohat olgan.
"L’Équipe" nashri bergan xabarga ko‘ra, Lyuka kiyinish xonasida yig‘lab, mehmonxonaga tushkun holatda ketgan. Ukasi Teo Ernandes uning faoliyatini yakunlashi haqidagi xabarni birinchi bo‘lib eshitgan.
Keyinchalik, aka-ukalar uzoq vaqt suhbat qurgan va Ernandeslarning kattasi o‘zini yaxshi his qilishni boshlagan. Futbolchi operatsiya qilinadi va uzoq vaqt safga qaytmaydi.
Shunday bo‘lsa-da, u qarorini o‘zgartirdi va futbolchilik faoliyatini yakunlamasligini ma’lum qilgan.
Fikrlar