
Frantsiya chempioni "Lester" xavbekini qo‘lga kiritmoqchi
Nigeriya va "Lester Siti" yarim himoyachisi Uilfred Ndidi yozda Parij klubi tarkibini to‘ldirishi mumkin. ESPN manbasi xabariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi xizmatlariga "Pari Sen-Jermen" klubi qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsum yakunlariga ko‘ra mamlakat chempioligini qo‘lga kiritgan PSJ nigeriyalik futbolchi bilan bir qatorda "Atletiko" xavbeki Tomas Pati va "Chelsi" yarim himoyachisi Temue Bakayoko atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda.
Ma’lumot o‘rnida Ndidi "tulkilar" safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda xavbek "Lester" libosida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol va bitta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Fikrlar