
Frantsiya chempionatining joriy mavsum ramziy terma jamoasi e’lon qilindi
Frantsiya chempionatining yakunlangan 2022/2023 yilgi mavsum ramziy terma jamoasi e’lon qilindi. Eng yaxshi 11 nafar futbolchi orasidan PSJning to‘rt nafar futbolchisi joy oldi: Nunu Mendesh, Ashraf Hakimi, Kilian Mbappe va Lionel Messi.
Quyida ramziy terma jamoa bilan to‘liq tanishib olishingiz mumkin:
Darvozabon: Bris Samba («Lans»).
Himoyachilar: Ashraf Hakimi, Nunu Mendesh (ikkalasi - PSJ), Kevin Danzo («Lans»), Shansel Mbemba («Marsel»).
Yarim himoyachilar: Seko Fofana («Lans»), Valanten Ronje («Marsel»), Kefren Tyuram («Nitstsa»).
Hujumchilar: Kilian Mbappe, Lionel Messi (ikkalasi - PSJ), Loi Openda («Lans»).
Eslati o‘tamiz, Frantsiya chempionatining joriy mavsumida g‘oliblik yana PSJga nasib etdi.
Fikrlar