Frantsiya chempionatida yana bir iste’fo! Yangi murabbiy nomzodi ham tayyor
"Monako" ustozi Robert Moreno klub bosh murabbiy postini tark etdi. Bu haqida klub rasmiy matbuot xizmati xabar bermoqda.
Taniqli L'equpie nashri matbuotiga ko‘ra, ispaniyalik murabbiy o‘rnini so‘nggi ish joyi "Bavariya" bo‘lgan Niko Kovach egallashi kutilmoqda.
"Monako" bir mavsum davomida ikki marotaba murabbiyni ishdan oldi. Mavsumni Leonardu Jardim bilan boshlagan frantsuz klubi, yakunda Morenoga ham chiqish eshiklarini ko‘rsatdi.
Monakoliklar Frantsiya chempionatini to‘qqizinchi o‘rinda yakunladi.



Fikrlar