
Frantsiya chempionatida iste’fo yuz berdi va yangi murabbiy tayinlandi
David Linares "Dijon" klubining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra, 45 yoshli frantsiyalik mutaxassis ushbu lavozimda Stefan Jobarning o‘rnini egalladi va klub bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzoladi.
Linares uchun “Dijon” begona emas. U 2005-2010 yillarda ushbu jamoa safida futbolchi sifatida to‘p surgan.
“Dijon” Frantsiya chempionatining ortda qolgan 10 ta turidan so‘ng musobaqa jadvalida so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar