
France Football: Simeone - eng ko‘p maosh oladigan murabbiy
Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone ayni damda Evropaning kuchli beshlik chempionatlaridagi eng ko‘p maosh oladigan murabbiyi hisoblanadi. Bu haqda France Football nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga joriy 2018/19 yilgi mavsumda eng ko‘p maosh olayotgan murabbiylarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra "Atletiko"dan yiliga 41 million evro maosh olayotgan 48 yoshli argentinalik mutaxassis ushbu ro‘yxatda etakchilik qilmoqda.
Keyingi o‘rinda esa mavsum o‘rtasida MYudan iste’foga chiqarilgan Joze Mourino bormoqda. U hozirda "Manchester Yunayted"dan yiliga 31 million evro maosh oladi. Kuchli uchlikni esa Terri Anri yakunlab berdi. U garchi “Monako”dan iste’foga chiqarilgan bo‘lsada klub bilan imzolagan shartnomasiga ko‘ra yiliga 25,5 million evro maosh oladi.
Eslatib o‘tamiz, Simeone “Atletiko”ni 2011 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar