
France Football futbol tarixidagi eng zo‘r hujum triosini ma’lum qildi
Frantsiyaning France Football jurnali futbol tarixidagi eng yaxshi hujumchilar nomini ma’lum qildi.
Eng yaxshi chap qanot hujumchisi sifatida "Yuventus" forvardi Krishitanu Ronaldu e’tirof etildi.
Markaziy hujum chizig‘ida eng zo‘r futbolchi nomi Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Ronaldoga berildi.
Eng yaxshi o‘ng qanot hujumchisi sifatida "Barselona" sardori Lionel Messi qayd etildi.
Nashr 3-4-3 sxemasi bo‘yicha jamoa tuzdi. Nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar "Oltin to‘p" uchun ovoz berishda ishtirok etgan 140 nafar jurnalist hakamlar hay’ati tomonidan aniqlandi»
Fikrlar