
FR: Superliganing 9-turida nimalar bo‘ldi?
Coca-Cola Superligada navbatdagi tur bahslari ortda qoldi. Siz uchun 7 o‘yinning har biridan bittadan qiziqarli statistika topdik:
1) "Buxoro" 5 yillik tanaffusdan keyin "Metallurg"ni mag‘lub qildi. Bunda Ulug‘bek Bakaev shogirdlariga 4 yillik tanaffusdan keyin Superligada dastlabki golini urgan Ro‘zimboy Ahmedov ko‘maklashdi.
2) "Andijon" mehmoni bo‘lgan "So‘g‘diyona" 8 oylik tanaffusdan keyin safar o‘yinini o‘z foydasiga hal qildi. Mezbonlar esa qatorasiga 8-urinishda ham Jizzax klubini enga olishmadi.
3) "Bunyodkor" 1:1 "Olimpik" uchrashuvida esa poytaxt stadionlariga muxlislarning tashrifi bo‘yicha joriy yilgi rekord o‘rnatildi. Shu kuni FIFA prezidentini ko‘rish uchun naq 12 ming 12 nafar tomoshabin kelgan.
4) "Paxtakor" darvozasi tomon 8-o‘yinda 6-penalti belgilandi. Hozircha "sherlar" 11 metrli jarima zarbalaridan eng ko‘p aziyat chekkan tomon bo‘lib turishibdi.
5) "Surxon" qatorasiga 14-o‘yinda ham "Neftchi"ni yuta olmadi. Termizliklarning o‘zaro o‘yinlardagi yagona g‘alabasi o‘tgan asrga (1999 yil) to‘g‘ri keladi.
6) "Nasaf" Superliga doirasidagi ketma-ket 6-o‘yinda ham "Navbahor" darvozasiga gol ura olmadi. "Ajdarlar"ning o‘zaro o‘yinlardagi oxirgi g‘alabasi 2017 yilda qo‘lga kiritilgan edi.
7) OKMK futbolchilari joriy mavsumda ilk bor bir o‘yinni 4ta gol bilan yakunlashdi. "Qizilqum" esa aksincha...
Fikrlar