FR: "Paxtakor" chempionlikni boy berishi mumkin...

  • 22 aprel, 2023, 04:58
  • Odilbek Fayzullayev
  • 11
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 7-turi start oldi. Markaziy o‘yin bugun o‘tkaziladi. Oldingi hafta derbini yutqazgan OKMK "Jar" stadionida amaldagi chempionni qabul qilishi kerak.

Tecno

photo_2023-04-21_20-38-50

O‘yinga qadar "Paxtakor", bahs yakuniga etganidan keyin Olmaliq klubi haqida fikr yuritishga qaror qildik. Dastlab, "sherlar" haqida:

"Paxtakor" o‘yinni yutqazishi mumkin...

Mavsum startini juda yomon boshlagan poytaxt klubi bir qarashda "Navbahor" bilan o‘yindan keyin "ochilib ketgandek" ko‘rinmoqda. Lekin o‘sha o‘yin 2 karra ishtiyoq evaziga yutilgani, keyingi turlarda mag‘lub qilingan raqiblar "Paxtakor"dan 2 hissa kuchsiz bo‘lganini unutmaslik kerak:

IMG_3985

1) O‘zaro to‘qnashuvlarda oxirgi 14 o‘yinning barchasini yutqazgan "Metallurg" yana bir bor taslim qilindi.
2) So‘nggi 4 to‘qnashuvda "Paxtakor"dan 21ta gol qabul qilib olgan "Qizilqum"ga engildi.
3) Bir kishi ko‘p bo‘lsa-da 8 oy (16 tur)dan beri g‘alaba nimaligini bilmay kelayotgan "So‘g‘diyona" mag‘lub qilindi.

Aytmoqchimanki, "sherlar" xotirjamlikka berilishi uchun hali ancha erta. Shatskixning ta’biri bilan aytganda, "Paxtakor" futbolchilari ketma-ket g‘alabalardan keyin yana professorlardek maydonga chiqishsa, OKMK bugun 11 o‘yinlik tanaffusdan keyin amaldagi chempionni mag‘lub qiladi.

IMG_4579_1

"Paxtakor" chempionlikni boy berishi mumkin...

Agar himoyadagi ishlar tartibga solinmasa. Tepada aytilganidek, "sherlar" qatorasiga 4 o‘yinda 3 ochko olishdi. Lekin ulaning barchasida jamoa u yoki bu shaklda gol o‘tkazib yuboryapti. Mavsum boshidan beri "Paxtakor" darvozasiga kirgan to‘plarning umumiy soni esa 9taga teng.

IMG_4418

Mudofaa chizig‘idagi vaziyat qanchalik yomonligini anglashingiz uchun ba’zi faktlarni keltiramiz. "Paxtakor" 2022 yilda 9-golini birinchi davraning so‘nggi turida o‘tkazib yuborgan. 2021 yilda esa jamoa posbonlari shuncha gol "qabul qilishi"ni naq 21 tur kutgan edik!

IMG_4422

Statistikaning bu qadar yomonlashishiga penaltilarning hissasi ham katta. "Paxtakor" darvozasi tomon 6ta turda 5 bor 11 metrli jarima belgilandi. Ma’lumot uchun, 2021 yil butun mavsum davomida faqat 1 marta shunday voqea sodir bo‘lgan.

IMG_4393

Toshkent klubi muxlislariga yoqmaydigan yana bir fakt keltiramiz. "Paxtakor" mavsum startidagi 6 turning hech birini "quruq" tugata olmadi. Bunaqasi klub tarixida faqat bir gal ro‘y bergan (1999), o‘sha mavsumni "sherlar" 4-o‘rinda yakunlashgan edi.

IMG_4423

Orqa chiziqda tartib o‘rnatmay turib, muvaffaqiyatga erishib bo‘lmasligini "Paxtakor" rahbariyati, murabbiylar shtabi yaxshi tushunib turibdi. Shuning uchun ham ular Sherzod A’zamov tezroq safga qaytishini xohlashmoqda.

IMG_3682

Bunga biroz vaqt kerak. Kunning asosiy muammosi esa OKMKning tezkor qanotlari (Gadoev va G‘iyosov), baquvvat hujumchisi (Martin Boake)ni to‘xtatib qolishdir. Bu haqda o‘yindan keyin gaplashamiz...

Faxriddin Ro‘ziev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dolche& Gabana
22/04/2023 08:00
Клавиатурани оркасидаги чала герой пахтаойни фанатларига!!!!! Шу карриллашларингни стадионга кириб трибунани тулдириб килила интернетда детдомни боласига ухшаб тулиб кеткансила стадионда ментла билан кушиб хисобласа 136таям чикмесила! Так что фанат дегани виртуал телефонни оркасидамас реальный стадионда утириши кере
ЖУРАЕВ ХАЙРУЛЛО
22/04/2023 06:50
Пахтакор бугун албатта галаба козонади,Пахтакор Агмк билан кандай уйнаш кераклигини билади,химоя марказида бугун Достон Турсунов урнига Одил Хамрабеков уйнаса керак.
Raxmanov Alisher
22/04/2023 09:33
Кутини узинг кисувиргин санлага ярашади пахтаой мухлислари судяларни ёрдами билан булган чемпионлик сохтакорликдир
Ulugbek Nizomov
22/04/2023 08:07
Фахриддин - номер 1 провокатор. Хаммани бир бирига уруштириб маза қилади. Сан ёзма ака, ёзсанг нейтрал ёз. Ҳамма ўқиб маза қилсин. Championat.asia ни "иритиб" энди sports.uzга ўтдингми .... . Нуқталар ўрнига ўзинг ҳохлаган сўзингни қўйволасан.