
FR: Narxi eng baland futbolchini bilasizmi? (Pro liga)
Pro liganing ortda qolgan 4 turidan keyin "Lokomotiv" va "Dinamo" peshqadam bo‘lib turibdi. Mazkur musobaqa haqida siz bilmagan ba’zi qiziqarli ma’lumotlarni keltiramiz...
Eng yosh futbolchi
Ligadagi eng yosh jamoa "Andijon-SGS" bo‘lsa-da, maydonga tushgan eng navqiron o‘yinchi "Lokomotiv" sharafini himoya qilmoqda. Gap 2006 yilda tug‘ilgan Lazizbek Mirzaev haqida ketmoqda. U O‘zbekiton U-17 terma jamoasi sardori hisoblanadi.
Yoshi eng katta futbolchi
Maydonga tushganlar orasida eng tajribalisi esa "Dinamo" etakchisi Erkin Boydullaev hisoblanadi (1984). Keyingi o‘rinlarga "Sho‘rtan" hujumchisi Zafar Polvonov (1985) bilan "Lokomotiv" afsonasi Marat Bikmaev joylashgan (1986).
Legionerlar
Xorijlik futbolchilar orasida Gruziya vakillari ko‘proq. 2018 yildan beri Superligada o‘ynab kelgan Elguja Grigalashvili bu yil o‘zini quyi ligada sina ko‘ryapti ("Dinamo"). "Mash’al" ham yil avvalida Gujaning 3 nafar vatandoshi bilan shartnoma imzolagan edi.
Shuningdek, Pro ligada Gana, Tojikiston, Rossiya, Xorvatiya, Ukraina, Nigeriya, Kamerun, Yaponiya va Shimoliy Makedoniyadan kelgan futbolchilar bor.
Eng qimmat...
Musobaqada to‘p tepayotganlar orasida transfer qiymati eng yuqori o‘yinchi "Dinamo" vakili Frantsis Narx bo‘lib turibdi. Uning transfer huquqi 500 ming evroga baholanyapti.
Eng qimmatbaho tarkib esa "Lokomotiv"ga tegishli (3,6 mln evro).
Fikrlar