
FR: Cheran Otaqo‘zievdan o‘tib ketdi...
Superliga 5-turining so‘nggi o‘yini "Paxtakor" stadionida o‘tkazildi. Unda "Qizilqum"ni qabul qilgan maydon egalari g‘alabani tantana qilishdi (3:1). Ushbu uchrashuvga oid qiziqarli faktlarni taqdim qilamiz.
1) "Paxtakor" qatorasiga 11-o‘yinda ham "Qizilqum"dan ustun keldi. Navoiyliklar o‘zaro to‘qnashuvlardagi oxirgi ochkoni 2017 yilda olishgan edi. O‘shanda Otabek Zokirovning goli "konchilar"ga bir ochko keltirgan.
2) "Qizilqum" 22 yildan beri "Paxtakor"ni engolmayapti. Navoiy klubining o‘zaro o‘yinlardagi yagona g‘alabasi 2001 yilda qo‘lga kiritilgan edi.
3) "Paxtakor" o‘z maydonida o‘tgan oxirgi 5 o‘yinda "Qizilqum" darvozasiga 24ta gol urdi.
4) Dragan Cheran bugun "Qizilqum" muxlislarini 14-bor xafa qildi. Bu serbiyalik futbolchining O‘zbekiston chempionatidagi shaxsiy rekordi hisoblanadi. Shuningdek, "sherlar" etakchisi Superligadagi 121-to‘pini kiritganini ham alohida ta’kidlash kerak. U "bombardir"lar reytingida Nosir Otaqo‘zievdan o‘zib ketdi.
5) "Qizilqum" hujumchisi Viktor Mbaoma bugun O‘zbekistondagi debyut golini urdi.
6) Mavsumda ilk bor "Paxtakor" darvozasi tomon penalti belgilanmadi. "Sherlar" bundan oldingi 4 o‘yinda 5 marta "11" bilan jazolanishgan edi.
7) Aziz Turg‘unboev esa "Paxtakor" libosidagi 10-golini urdi. 28 yoshli yarim himoyachi o‘tgan mavsum ham "Qizilqum" darvozasini ishg‘ol qilgan edi.
Fikrlar