
Fotih Terim Gretsiya klubida ish boshladi
Turkiyalik mutaxassis Fotih Terim Gretsiyaning "Panatinaikos" klubi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Ma’lumot uchun, Terimning so‘nggi klubi "Galatsaroy" hisoblanadi. U turk jamoasidan 2022 yil iste’foga chiqarilgandi.
Eslatib o‘tamiz, ungacha bu lavozimda Ivan Yovanovich ishlab kelardi.
Fikrlar