
Forlan murabbiylik faoliyatini boshladi
Urugvay terma jamoasi sobiq hujumchisi Diego Forlan Urugvayning "Penyarol" klubi bosh murabbiyi bo‘ldi.
Eslatib o‘tish lozimki, 40 yoshli Forlan futbolchilik faoliyatini joriy yilning yozida yakunlagan edi. Bu uning murabbiylikdagi debyuti hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, "Penyarol" 52 karra Urugvay chempioni hisoblanadi. Joriy mavsum ushbu jamoa musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.
Forlan futbolchilik faoliyati davomida "Independente", "Manchester Yunayted", "Vilyarreal" va "Atletiko" Madrid kabi klublarda to‘p surgan.
Fikrlar