
Florentino Peres uch futbolchidan hafsalasi pir bo‘lgan
"Real" Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga 2:5 hisobida og‘riqli mag‘lubiyatdan so‘ng vaziyatni baholamoqda. "Fichajes" xabariga ko‘ra, Madrid klubi prezidenti Florentino Peres jamoani uch futbolchidan tozalashga qaror qilgan.
Prezidentning rejasiga ko‘ra, himoyachilar Lukas Vaskes va Ferlan Mendi, shuningdek, yarim himoyachi Orlen Chuameni jamoa tarkibida qolmasligi kerak.
Shuni ta’kidlash joizki, avvalroq Chuameni bir necha Angliya Premer-ligasi top klublari bilan bog‘langan edi.
Hozirda "Real" Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda joylashgan.
Karlo Anchelotti jamoasi navbatdagi o‘yinni 16-yanvar kuni Ispaniya Kubogida "Selta"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar