
Flikni “Barsa”dan ayirishdi
Ispaniya futbol federatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasi “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flikni ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qildi.
Germaniyalik mutaxassis La Liganing 16-turida “Betis”ga qarshi uchrashuvda maydondan haydalgan edi.
Flik uchrashuv bosh hakami Alexandro Ruis Frenki de Yong raqib hujumchisi Vitor Rokega nisbatan jarima maydonchasi ichida qoida buzgani uchun “Barselona” darvozasiga penalti belgilagan vaziyatda unga jiddiy e’tiroz ildirgan.
Alexandro Ruis o‘yin hisobotida Flik “texnik hududdan chiqqani, baqirgani, turli ishoralar qilgani va hakam qarorlariga qarshilik qilgani uchun” maydondan chetlatilgani haqida qayd etgan.
Endi “Barselona” o‘n kun ichida appelatsiya berishi mumkin.
Fikrlar