Flik va Yamal o‘rtasidagi munosabatlar sovushi "Barselona"dagi vaziyatga ta’sir qilmoqda

  • 6 oktabr, 20:19
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik bilan jamoa vingeri Lamin Yamal o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi paytlarda yomonlashgan. "Transfer News Live" nashri "El Larguero" dasturiga tayanib xabar berishicha, bunday sovuqlik Yamalning oxirgi jarohati bilan bog‘liq mojarodan keyin paydo bo‘lgan.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida Flik Ispaniya terma jamoasi Yamalning sog‘lig‘iga etarlicha e’tibor bermaganidan ochiqcha norozilik bildirgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, terma jamoa shifokorlari uning ahvolini ko‘proq o‘yinchining so‘zlariga tayanib baholagan, bu esa "Barselona"da norozilikka sabab bo‘lgan.

Terma jamoadan qaytganidan so‘ng Yamal kataloniya klubi safida to‘rtta uchrashuvni o‘tkazib yubordi, yaqinda esa yana jarohat oldi. Manbalarga ko‘ra, Flik bilan munosabatlardagi sovuqlik Yamalning so‘nggi o‘yinlardagi o‘yiniga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!