
Flik UEFA va FIFAni o‘yinlar sonini kamaytirishga chaqirdi
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik futbolchilarning taqvimi haddan tashqari zich bo‘lib ketganligi haqida gapirdi.
“UEFA va FIFA futbolchilar haqida ko‘proq qayg‘urishi kerak. Qolaversa, hamma ham [o‘yinda] yuqori ko‘rsatkichni yoqtiravermaydi. O‘yinlar sonini kamaytirish kerak”, - deya Flick so‘zlarini keltiradi Sport.es.
Avvalroq, «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri taqvim haddan tashqari tig‘iz bo‘lib ketgani uchun futbolchilar tomonidan ish tashlash ehtimoli borligini aytgandi.
Flik boshqaruvidagi “Barselona” ertaga 22 sentyabr, yakshanba kuni Ispaniya Primerasining 6-turi doirasida safarda “Vilyarreal”ga qarshi maydonga tushadi. Hakamning start hushtagi Toshkent vaqti bilan 21:30 da yangraydi.
"Barselona" o‘tgan 5 tur yakunlariga ko‘ra 100 foizlik natija bilan 15 ochko jamg‘argan holda 1-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar